Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi

Markaz binosi

O‘quv kursi: “Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruv” (malaka oshirish)

Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari malakasini oshirish

  • O‘qish muddati: 10 kun
  • Mashg‘ulotlar jadvali: 14:00–18:20 har kuni (yakshanbadan tashqari)
  • Umumiy davomiyligi: 72 akademik soat

Kurs qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007-yil 5-dekabrda 1745-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nizomga muvofiq o‘tkaziladi.

Kurs dasturi

  • “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va kapital bozori
  • Professional hamjamiyat vazifalari; IPO jarayonida anderrayting tajribasi
  • Mijozlar bilan ishlash va Markaziy depozitariyning yangi xizmatlari
  • YEPТК bilan ishlash; “Toshkent” RFB istiqbollari
  • Zamonaviy korporativ boshqaruv tendensiyalari
  • Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi nizolar va kelishmovchiliklarni hal etish
  • Mashq testlari va vakolatli organ test savollarini tahlil qilish

Kurs yakunida

Tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Malaka oshirish kamida har uch yilda bir marta majburiy hisoblanadi.

O‘qituvchilar tarkibi

  • Butikov I.L., iqtisodiyot fanlari doktori, professor
  • Ashurov Z.A., falsafa doktori, professor
  • Kayumov R.I., iqtisodiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
  • Abdujabbarov Sh.Ya., “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ bosh direktori
  • Butabayev M.Sh., fizika-matematika fanlari nomzodi
  • Xodjayev F.R., “Kap Depo” rahbari
  • Ataxonov B.A., professional mediator
  • Mirzaraxmanov F.S., Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Tadqiqotlar markazi mutaxassisi
  • Zakirov Z.F., “Turkiston-invest” investitsiya fondi asoschisi, Qimmatli qog‘ozlar bozori axborot-resurs markazining sobiq rahbari
  • Gʻaniyeva G., “Toshkent” RFB listing bo‘limi rahbari

O‘qituvchilar haqida batafsil maʼlumot “Markaz o‘qituvchilari” bo‘limida.

Foydali resurslar

Markaz haqida

Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi 30 yildan buyon faoliyat yuritadi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

Kursga ariza topshirish