MARKAZ KREDOSI — MUTLAQ QONUNIYLIK — FAOLIYATNI QONUN TALABLARIGA MUVOFIQ OLIB BORISH
Qonuniylik davlat akkreditatsiyasi bilan tasdiqlanadi.
Davlat akkreditatsiyasi — taʼlim muassasasi faoliyatining davlat taʼlim standartlari, talablar va o‘quv dasturlariga muvofiqligini davlat tomonidan eʼtirof etish hamda bitiruvchilarga taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlar berish huquqini taqdim etish jarayonidir.
Attestatsiya va akkreditatsiya O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni hamda qonunosti hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
Attestatsiya — taʼlim mazmuni, darajasi va sifatini davlat taʼlim standartlari, talablar va o‘quv rejalari bilan muvofiqligini aniqlovchi davlat nazoratining asosiy shaklidir.
2021-yil dekabr oyi oxirida Milliy markaz attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tib, taʼlim faoliyatining quyidagi 9 ta o‘quv kursi bo‘yicha akkreditatsiya oldi:
- Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruv (qayta tayyorlash).
- Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruv (malaka oshirish).
- Ko‘chmas mulk bozori uchun kadrlar — rieltorlarni tayyorlash (qayta tayyorlash).
- Ko‘chmas mulk bozori mutaxassislari — rieltorlarning malakasini oshirish.
- Mol-mulk va biznesni baholash (qayta tayyorlash).
- Mol-mulk va biznesni baholash (malaka oshirish).
- Tovar, shu jumladan birja bozorlari uchun kadrlar tayyorlash (qayta tayyorlash).
- Sud boshqaruvchilarining malakasini oshirish.
- Lombard xodimlarining malakasini oshirish.
Taʼlim tashkilotini tanlayotganda, unda attestatsiya va akkreditatsiya hujjatlari mavjudligini albatta tekshiring!