Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi

Markaz binosi
Axunov Rashid Ravilovich

AXUNOV RASHID RAVILOVICH

«Foykon» OAJ direktorlar kengashi raisi, UZUMFERMER.UZ ekoturistik klasteri asoschisi, Davlat mulk qo‘mitasi huzuridagi tadbirkorlarni individual qo‘llab-quvvatlash byurosining sobiq prezidenti

«Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, individual investorlarga xizmat ko‘rsatuvchi moliyaviy vositachilarning jadal o‘sishi faqat banklar, brokerlar va boshqaruv kompaniyalariga o‘rta sinfning pensiya mablag‘lari kirib kelgandagina mumkin bo‘ladi. Xitoy bozorining favqulodda o‘sishi, AQShda 1980–1990-yillarda investitsiya banklari, diskont brokerlar va o‘zaro fondlarning jadal yuksalishi mohiyati ham shundadir. O‘zbekistonda qonunchilik darajasida institutsional investorlarning samarali tizimini yaratish zarur. Aks holda qimmatli qog‘ozlar bozori o‘tish davridagi asosiy vazifasi — vaqtincha bo‘sh mablag‘larni safarbar etib, ularni xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga yo‘naltirish funksiyasini bajara olmaydi. Respublikada jamoaviy investitsiyalash institutlari faoliyatini faollashtirish hamda «Nodavlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida»gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarurati allaqachon yetilgan.»