Grebtsova Alina Vladimirovna
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (2000–2006), O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilariga konsalting-auditorlik va axborot xizmatlari ko‘rsatish agentligi — «Konsauditinform» bosh direktori, sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter — CAP, CIPA.
Jahon amaliyotida nufuzli auditorlik tashkilotining xulosasisiz korxonaning qandaydir ishbilarmonlik operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borishi ham deyarli maʼnosiz hisoblanadi. Xorijiy investorlar ham moliyaviy hisobotining ommaviy ishonchliligi obro‘li auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlanmagan korxonalarga o‘z kapitalini maʼlum ehtiyotkorlik bilan yo‘naltiradi. O‘zbekiston Respublikasida audit institutining yetarli darajada sifatli rivojlanmagani maʼlum darajada investitsiya faolligining past bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi, chunki moliyaviy axborotning ishonchliligi va investitsiya loyihalarini amalga oshirish realligi bo‘yicha kafolatlar mavjud emas. Auditorlar tomonidan taʼminlanadigan ishonchli moliyaviy axborot kapital bozorlari faoliyati samaradorligini oshirish, iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirish, shu orqali keyingi iqtisodiy o‘sish uchun real qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Shuningdek, iqtisodiyot, investitsiya siyosati va soliqqa tortish sohasidagi turli boshqaruv qarorlarining oqibatlarini baholash hamda prognoz qilish imkoniyatini beradi.