Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi

Markaz binosi
Xamidulin Mixail Borisovich

XAMIDULIN MIXAIL BORISOVICH

Iqtisodiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali professori

«Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida integratsion jarayonlarni jadallashtirish bilan bog‘liq milliy iqtisodiyot manfaatlari, yuqori darajada integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar — moliya-sanoat guruhlarini yaratish va mahalliy korxonalarni transmilliy korporatsiyalar tarkibiga kiritish vazifalari, o‘zbekistonlik emitentlarni jahon kapital bozorlariga tezroq olib chiqish va mamlakat investitsiya muhitini umuman yaxshilash zarurati respublika uchun eng maqbul korporativ boshqaruv modelini ishlab chiqish borasida faol saʼy-harakatlarni talab qiladi. Xo‘jalik islohotlari samaradorligining, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy munosabatlarni yanada liberallashtirishning muhim shartlaridan biri fuqarolarning bozor boshqaruvi usullarini egallashidir. Ushbu vazifalarni amalga oshirishning muhim shakli fuqarolarning moliya-xo‘jalik faoliyati jarayonidagi kooperatsiyasi, korporativ korxonalar yaratish va korporativ boshqaruvda ishtirok etish orqali ishlab chiqarishni boshqarishga real kirish imkonini taʼminlashdir».