Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi

Markaz binosi
Islamov Adil Tairovich

ISLOMOV ADIL TOIROVICH

Respublikadagi xususiylashtirilayotgan yirik obyektlarning katta qismi qiymatini baholagan «BAXOLASH VA KONSALTING MARKAZI» AJ asoschisi va bosh direktori, Baholash tashkilotlari assotsiatsiyasi raisi

«O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish o‘zgarishlari hukumat hujjatlari va Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar asosida olib boriladi. Ular qayta tashkil etilayotgan korxonaning mol-mulki qiymatini baholashga tayangan holda uning yangi ustav fondini aniqlash imkonini beradi. Bunday baholashni to‘g‘ri amalga oshirish uchun jiddiy bilimlar zarur bo‘lib, ularni taʼlim tashkilotlarida olish mumkin. Ana shunday eng mashhur tashkilotlardan biri Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazidir. Men 90-yillarning o‘rtalarida aynan shu markazda qimmatli qog‘ozlar bozori va professional baholash faoliyati asoslarini o‘rganganman. O‘ylaymanki, markaz kelgusida ham professional baholovchilarni tayyorlash sohasida yetakchilik bayrog‘ini ko‘tarib boradi, xususiylashtirish jarayonining muvaffaqiyatli o‘tishi, baholash xizmatlari bozorining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi va shu orqali jamiyatimizni isloh qilish ishiga beqiyos ulush qo‘shadi».