Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi

Markaz binosi
Kairlapov Aleksandr Aytimovich

KAIRLAPOV ALEKSANDR AYTIMOVICH

«Toshkent» Respublika fond birjasi kuzatuv kengashi aʼzosi

«Fond bozori korporativ munosabatlarni shakllantirish va takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Birlamchi segment — aksiyalarni chiqarish va dastlabki investorlar orasida joylashtirish rivojlanishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarini biznesni tashkil etishning to‘laqonli shakli sifatida yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu kompaniyalar, o‘z navbatida, postsovet hududidagi yosh bozorlarga qimmatli qog‘ozlar taklifini taʼminladi. O‘zbekistondagi keng ko‘lamli xususiylashtirish savdo hajmlarining sezilarli o‘sishi uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ldi. Avval chiqarilgan va sotib olingan qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘ladigan ikkilamchi bozor korporativ boshqaruv samaradorligining muhim indikatori va tashqi nazorat vositasi hisoblanadi. Aksiyalarning bozor narxlari dinamikasi kompaniyalardagi real ahvolni baholash va ularning boshqaruv darajasini taqqoslash imkonini beradi.»