Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi

Markaz binosi
Karlibaeva Raya

Karlibaeva Raya Xojabaevna

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha komissiya eksperti

«Qimmatli qog‘ozlar bozori korporativ munosabatlar tizimiga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. Aynan birlamchi fond bozorining rivojlanishi, yaʼni aksiyalarning birlamchi emissiyasi va joylashtirilishi, emitent tomonidan ularni birinchi investorga sotilishi natijasida ilk haqiqiy korporativ tuzilmalar — aksiyadorlik jamiyatlari paydo bo‘lishi mumkin bo‘ldi. Boshqa tomondan, aynan aksiyadorlik jamiyatlari postsovet hududi mamlakatlarida shakllanayotgan qimmatli qog‘ozlar bozorlariga aksiyalar yetkazib beruvchi bo‘ldi. O‘zbekistondagi keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayonlari bilangina qimmatli qog‘ozlar savdosi hajmida real miqdoriy sakrashga erishildi. Avval chiqarilgan va kamida bir marta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan ikkilamchi bozor, tovar bozori bilan bir qatorda, korporativ boshqaruv samaradorligini tashqi nazorat qilishning asosiy mexanizmlaridan biridir. Aksiyalarning bozor narxiga qarab u yoki bu korporatsiyada ishlar aslida qanday ketayotganiga baho beriladi. Bir vaqtda tashkil etilgan ikki aksiyadorlik jamiyatining nominal va bozor narxlarini oddiy taqqoslashning o‘zi ham har biridagi korporativ boshqaruv holatiga bilvosita baho berishi mumkin. Shu bilan birga, korporativ munosabatlar tizimi kompaniyalar aksiyalari kotirovkasining joriy darajasini belgilaydi».