Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi

Markaz binosi
Расулев Аббосхон Анвар угли

Rasulev Abbosxon Anvar o‘g‘li

IT Park Ventures kompaniyasining birlashish va qo‘shib olishlar bo‘yicha direktori (Head of M&A, IT Park Ventures)

O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya jarayonlarini faollashtirish, mahalliy texnologik kompaniyalar faoliyatini kengaytirish hamda ularni xalqaro innovatsion ekotizimga integratsiya qilish manfaatlari korporativ boshqaruv, venchur moliyalashtirish, kompaniyalarni birlashtirish va qo‘shib olishning zamonaviy mexanizmlaridan keng foydalanishni talab etadi. Strategik investorlarni jalb qilish, texnologik aktivlar qiymatini oshirish, istiqbolli loyihalarni birlashtirish va milliy IT-kompaniyalarning xorijiy bozorlarga chiqishi shaffof hamda samarali korporativ tuzilmalarni shakllantirish zaruratini yuzaga keltiradi. Innovatsion tadbirkorlikning barqaror rivojlanishidagi eng muhim shartlardan biri ta’sischilar, investorlar va boshqaruv organlari manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, shuningdek, asoslangan investitsiyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Ushbu vazifalarni amalga oshirishning muhim shakli kompaniyalarni birlashtirish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar tuzish, kapital jalb etish hamda mamlakat IT-sektorining raqobatbardoshligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiluvchi hamkorlik aloqalarini shakllantirish hisoblanadi.