Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi

Markaz binosi
Srapionov Karen

SRAPIONOV KAREN

Avesta Investment Group direktori, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi huzuridagi Kapital bozori bo‘yicha maslahat kengashi aʼzosi

Bugun jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi qimmatli qog‘ozlar bozoriga munosabatni qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. Chunki aynan qimmatli qog‘ozlar qiymatning qaytish harakati samaradorligini oshirish, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va mulkni xususiy qo‘llarga o‘tkazish masalalarida muhim kalit bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli ushbu sohaning dolzarbligi keskin ortdi. Hozir qimmatli qog‘ozlar bozoriga matbuotda, xo‘jalik doiralarida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida yetarlicha katta eʼtibor qaratilmoqda. Aksiyalar va birjalar haqida sirli hamda yetib bo‘lmaydigan narsa sifatida gapirilgan davr ortda qoldi. Yuz minglab fuqarolarimiz aksiyadorlarga aylandi, dividend olmoqda, kompaniyalarning umumiy yig‘ilishlarida ovoz bermoqda va qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning foydasi yoki foydasizligi haqida xulosa chiqarish imkoniga ega. Minglab korxona rahbarlari o‘z vaqtining katta qismini aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan ishlash, depozitariylar, birjalar va brokerlar bilan munosabatlarga bag‘ishlamoqda. O‘zbekiston fond bozori tajriba va salohiyat to‘plamoqda. Bu O‘zbekiston xalqiga ertangi kunga ishonch, buyuk kelajakka ega davlat amalga oshirayotgan islohotlarga eʼtiqod bag‘ishlaydi.