«Fond bozori infratuzilmasini depozitariylar va investitsiya vositachilari kabi ishonchli professional ishtirokchilarsiz rivojlantirib bo‘lmaydi. Investorlarning yanada murakkab va uzoq muddatli vositalarga qiziqishi ortib borayotganini kuzatmoqdamiz. Bu mutaxassislardan nafaqat texnik savodxonlikni, balki korporativ qonunchilik, hisob-kitoblar xususiyatlari va risklarni chuqur tushunishni ham talab qiladi. Shu bois doimiy malaka oshirish va amaliy tajriba almashish alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi sifatli xizmatlar, avvalo, yillar davomida barqaror va shaffof ish orqali shakllangan masʼuliyat va ishonchdir.»