Milliy markaz va TDIU hamkorlik memorandumi tayyorlamoqda
Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zaro hamkorlik memorandumini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Eʼlon qilingan: 01/08/2025
Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) strategik hamkorlik memorandumi loyihasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Tomonlar TDIU talabalari uchun Markaz kurslarida imtiyozli taʼlim shartlarini ham kelishib oldilar — kurs qiymatidan 50 foizlik chegirma. Ro‘yxatdan o‘tish uchun TDIUning tavsiya xati, o‘qish joyidan maʼlumotnoma, shartnoma hamda chegirma hisobga olingan to‘lov talab etiladi. Imtiyozli kvota bo‘yicha joylar soni cheklangan — har bir guruhga 4 nafargacha talaba. O‘qish yakunida belgilangan namunadagi diplom beriladi. Hamkorlikning yangi formati fan, amaliyot va kasbiy rivojlanishni birlashtirish yo‘lida muhim qadamdir. Yangiliklarni kuzatib boring — tez orada qo‘shma dasturlar bo‘yicha qabul ochiladi!
Dlya zapisi potrebuetsya:
• pismo-predstavlenie ot TGEU,
• spravka s mesta ucheby,
• dogovor i oplata s uchetom skidki.
Kolichestvo mest po lgotnoy kvote — ogranicheno (do 4 studentov na gruppu). Po itogam obucheniya — diplom ustanovlennogo obraztsa. Novyy format sotrudnichestva — eto shag k obedineniyu nauki, praktiki i karery. Sledite za novostyami — skoro otkrytie nabora po sovmestnym programmam!