Yaxshi natija
Markazda taʼlim olgan guruhning rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organida imtihon topshirgani haqida maʼlumot.
Eʼlon qilingan: 10/04/2025
Yangi bozorlar mutaxassislarini tayyorlash milliy markazining «Rieltorlik faoliyati» kursi bo‘yicha aziz bitiruvchilari! Markazimizda 2025-yil 4-martdan 4-aprelgacha taʼlim olgan guruhning rieltor malaka sertifikatini olish uchun rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organida imtihon topshirgani haqidagi maʼlumotni sizlar bilan bo‘lishishga shoshilamiz.
Markazimizda «Rieltorlik faoliyati» kursini yakunlagach, 28 nafar tinglovchi regulyatorga (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) hujjat topshirdi va test imtihonida ishtirok etdi. Ulardan:
— 25 nafari (89 %) test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi;
— 3 nafari (11 %) test sinovidan o‘ta olmadi.
Test imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarimizni chin dildan tabriklaymiz!
Imtihondan birinchi urinishda o‘ta olmagan tinglovchilarga ruhni tushirmaslikni va keyingi safar uchun puxta tayyorgarlik ko‘rishni tilaymiz. Omad yor bo‘lsin!