«Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar bozori va korporativ boshqaruv» bazaviy kursi yakunlandi
2026-yil 28-aprel kuni bazaviy kurs bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eʼlon qilingan: 28/04/2026
Ikki oy davomida bank, konsalting va yuridik soha vakillaridan iborat 20 nafar tinglovchi taʼlim oldi. Kurs ishtirokchilari orasida ATB «Biznesni rivojlantirish banki», ATB «Kapital Bank», «UZUM TECHNOLOGIES» MChJ XK, «CUSTODIO» advokatlik firmasi, «International Business Audit Consulting» AJ MChJ, «GRATA International» advokatlik firmasi, “Business Audit Today” MChJ va boshqa tashkilotlar xodimlari hamda jismoniy shaxslar bor edi.
Kurs dasturi kapital bozori va korporativ boshqaruv faoliyatining asosiy jihatlarini kompleks o‘rganishga qaratildi. Tinglovchilar qimmatli qog‘ozlar bozoridagi dolzarb tendensiyalar bilan tanishdilar, birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning huquqiy jihatlari, soliqqa tortish masalalari hamda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni huquqiy kuzatish xususiyatlarini o‘rgandilar.
Mashg‘ulotlarni fond bozori va korporativ boshqaruv sohasida tan olingan, ilmiy va ilmiy-pedagogik unvonlarga, katta amaliy tajribaga hamda qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi va korporativ boshqaruvchi sifatidagi amaldagi malaka attestatlariga ega yuqori malakali mutaxassislar olib bordilar. Olingan bilimlar bitiruvchilar uchun qo‘shimcha kasbiy imkoniyatlar yaratadi, jumladan kapital bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organida (NAPP) test sinovidan o‘tish va sertifikatlangan qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi maqomini olish imkonini beradi.
O‘quv markazi bitiruvchilarni kursni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabriklaydi hamda ularga kelgusida kasbiy yutuqlar va martaba o‘sishini tilaydi!